Ish namunasi · Veb-ilova

FlyeSIM

FlyeSIM — sayohat va biznes uchun eSIM internet paketlari servisi. Bitta dizayn veb-saytda ham, Telegram mini-ilovasida ham ishlaydi: davlatni topishdan to‘lov va eSIM sarfini kuzatishgacha.

Rol
UI/UX dizayner (freelance)
Platforma
Web, Telegram Mini App
Yo‘nalish
Travel, telekom
Sayt
flyesim.uz
3
til: o‘zbek, rus va ingliz
2
valyuta: USD va UZS
2
mavzu: light va dark
2
platforma: veb-sayt va Telegram mini-ilovasi

Loyiha haqida

Mahsulot va rol

Mahsulot

Davlat, mintaqa va global eSIM internet paketlari. Xarid onlayn, eSIM QR kod orqali o‘rnatiladi, sarf va top-up shaxsiy kabinetda.

Asosiy oqim

Davlatni qidirish yoki ro‘yxatdan tanlash, tarif, to‘lov, so‘ng o‘rnatish yo‘riqnomasi. Qolgan trafik va muddat «Mening eSIM'larim»da.

Mening rolim

Freelance UI/UX dizayner sifatida veb-sayt, xarid oqimi, shaxsiy kabinet va Telegram mini-ilovasi interfeyslari.

Dizayndagi bo‘limlar

  • Bosh sahifa va qidiruv
  • Davlat, mintaqa va global rejalar
  • Tarif tanlash
  • To‘lov va promokod
  • O‘rnatish yo‘riqnomasi
  • Mening eSIM'larim
  • Buyurtmalar va kartalar
  • Bonus va referal
  • Yordam markazi
  • Telegram mini-ilova

01 · Bosh sahifa

«Qayerga sayohat qilyapsiz?»

Birinchi ekranda qidiruv va ommabop yo‘nalishlar. Globus ustidagi kartochkalar servisni bir qarashda tushuntiradi: davlat narxi, ulanish va qolgan trafik.

FlyeSIM — Bosh sahifa
FlyeSIM — Bosh sahifa

02 · Tarif

Tarifni GB narxi bilan solishtirish

Har tarifda hajm, muddat, 1 GB narxi, 5G va top-up belgilari bor. Tanlangan paket yon panelda (mobilda pastda) doim ko‘rinib turadi.

FlyeSIM — Tarif tanlash
FlyeSIM — Tarif tanlash

03 · To‘lov

Bitta ekranda xaridni tasdiqlash

Chek va QR uchun email, to‘lov usuli, promokod yoki bonus hamda narx tafsiloti. Usullar xaridor qayerdaligiga qarab chiqadi: O‘zbekistonda Click va UzCard.

FlyeSIM — Xaridni tasdiqlash
FlyeSIM — To‘lov

04 · Kabinet

Qolgan trafik bir qarashda

Faol va arxiv eSIM'lar, qolgan GB va kunlar progress bilan. «Kam qoldi» va «Muddat yaqin» ogohlantirishlari, top-up esa bitta bosishda.

FlyeSIM — Mening eSIM'larim
FlyeSIM — Mening eSIM'larim
FlyeSIM — eSIM sarfi

05 · Bir nechta davlat

Safar rejasi va global eSIM

Bir necha davlatga boradiganlar uchun reja tanlovchi: marshrut, muddat va internet hajmi. Uch savoldan keyin mos mintaqa yoki global paket taklif qilinadi.

FlyeSIM — Safar rejasi
FlyeSIM — Global eSIM

06 · Mavzu va platforma

Dark mavzu va Telegram mini-ilova

Ranglar tokenlarda, shuning uchun har ekranning dark varianti bor. Shu dizayn Telegram mini-ilovasida iOS va Android konventsiyalari bilan ishlaydi.

FlyeSIM — Dark mavzu
FlyeSIM — Dark mavzu
FlyeSIM — Telegram mini-ilova

Ekranlar

Mobil versiya

Mobil versiya va Telegram mini-ilovasidan 9 ta ekran. Yonga suring yoki tugmalardan foydalaning.

FlyeSIM — Bosh sahifa
Bosh sahifa
FlyeSIM — Tarif tanlash
Tarif tanlash
FlyeSIM — To‘lov
To‘lov
FlyeSIM — Mening eSIM'larim
Mening eSIM'larim
FlyeSIM — eSIM sarfi
eSIM sarfi
FlyeSIM — Global eSIM
Global eSIM
FlyeSIM — Bonus
Bonus
FlyeSIM — Dark mavzu
Dark mavzu
FlyeSIM — Telegram mini-ilova
Telegram mini-ilova

Natija

Nimalar ishlandi

  • Marketing sayt: bosh sahifa, yo‘nalishlar, mintaqa va global rejalar, qidiruv, «Qanday ishlaydi»
  • Xarid oqimi: tarif, to‘lov usuli, promokod va bonus, SMS va 3-D Secure tasdiqlash, to‘lov natijalari, o‘rnatish yo‘riqnomasi
  • Shaxsiy kabinet: eSIM'lar, buyurtmalar, kartalar, bonus va referal, bildirishnomalar, yordam markazi, akkauntni o‘chirish
  • Telegram mini-ilovasi: iOS va Android konventsiyalari
  • Light va dark mavzu, 3 til, USD va UZS

Keyingi loyiha

Barcha loyihalar

Mobil ilova · EdTech · AI

Impuls

Ingliz tili imtihonlariga AI repetitor bilan tayyorlanish uchun mobil ilova: mock imtihon, Writing va Speaking tahlili, kunlik reja.

Aloqa

Shunday servis kerakmi?

Veb va Telegram uchun interfeysni birga loyihalaymiz.